27.01.2021 1420

Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!

Hurmatli talabalar!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda AQShning Michigan davlat universiteti bilan memorandum imzolanganligi haqida avval xabar bergandik. Endilikda bu haqida sizga batafsil ma’lumot taqdim etmoqchimiz.

O‘zJOKUning 2-va 3-kurs talabalari uchun ingliz tilida Health, environmental and risk reporting (Sog‘liqni saqlash, atrof-muhit yo‘nalishlariga qaratilgan) o‘quv kurslari tashkil etiladi. Kursda tahsil olish uchun Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilning 29-yanvar kuni soat 15:00 da 407-o‘quv xonasida (yozma tarzda), 1-fevral kuni 14:00 da 1/101 o‘quv xonasida (og‘zaki suhbat) tashkil etiladigan maxsus imtihondan o‘tish kerak bo‘ladi.

Asosiy talab - ingliz tilida mukammal gaplashish. Suhbat va yozma topshiriqdan muvaffaqiyatli o‘tgan 35 taga yaqin talaba fevral oyidan boshlab, ushbu o‘quv kursida 3,5 oy o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

Kursni o‘tish jarayonida Michigan davlat universiteti professori, AQShdagi Knight Center for Environmental Journalism professori Erik Fridmon masofadan turib ma’ruza qiladi.

O‘quv kursi natijasiga ko‘ra, talabalar berilgan mavzular bo‘yicha o‘zlarining jurnalistik chiqishlarini OAVda e’lon qilishlari zarur bo‘ladi. Kursni muvaffaqiyatli yakullagan talabalargina maxsus sertifikatga ega bo‘lishadi.

O‘quv kursida tahsil olmoqchi bo‘lgan nomzodlar dekanatlarga murojaat qilishlari mumkin.

Bo'lishmoq: