02.05.2024 103

Xalqaro hamkorlar soni yana bittaga ko‘paydi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Hindistonning Munbay universiteti qoshidagi "Ijtimoiy va aniq fanlar kolleji" o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha "Anglashinuv memorandumi" imzolandi.

Memorandumni O‘zJOKU nomidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nozima Muratova va Hindiston tomonidan Prof. Preeta Nileshlar imzolashdi.

Memorandumda fan va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuv dasturini ishlab chiqish hamda qo‘shma konferensiyalar va seminarlar tashkil etish kabi masalalarga urg‘u berildi.

Bo'lishmoq: