Mahatma Gandi

Mahatma Gandi, jamoat arbobi, siyosatchi “Matbuot erkinligi – bu hech bir mamlakat voz kecha olmaydigan bebaho imtiyoz”.

Mohandas Karamchand Gandi (Mahatma Gandi) dunyoga mashhur hind jamoat arbobi, siyosatchi, Hindiston mustaqilligi uchun kurashgan buyuk shaxs. Hindistonda uni millatning otasi deb atashadi.
Mahatma Gandi 1869-yil 2-oktyabrda Porbandarda tavallud topgan. Uning otasi tijorat bilan shug‘ullangan, siyosatda faol bo‘lgan va hatto bir muncha vaqt Gujarat shtatining bosh vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
Sotsiologlarning hisob-kitoblariga qaraganda, XX asrning birinchi shaxsi Albert Enshteyn bo‘lsa, ikkinchisi Mahatma Gandi ekan. Bu bejiz emas albatta. Mahatma Gandi o‘zining kechinmalarga boy hayoti bilan Hindiston xalqi uchungina emas, butun dunyo xalqlari uchun namuna bo‘lib qoldi. Hind xalqining asriy mustamlakachilik zulmidan abadiy xolos bo‘lishi aynan mana shu g‘oyaviy rahbar, davlat va siyosiy arbobning fidokorona va jangovor hatti-harakatlari bilan bevosita bog‘liq edi. Ayniqsa, uning “ahimsa” - kuch ishlatmaslik siyosati jahondagi ozodlik harakatlari uchun ibrat hisoblanadi.