26.01.2021 965

AQSHning yetakchi universiteti bilan hamkorlik

Kuni kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va AQShning yetakchi o‘quv va ilmiy markazlaridan biri Michigan davlat universiteti oʻrtasida ikki tomonlama memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, Michigan davlat universiteti professor-o‘qituvchilarini O‘zJOKUga jalb etish va bu yerda universitetning talabalari uchun jurnalistika bo‘yicha ingliz tilida o'quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Michigan davlat universiteti professori tadqiqotchilar va universitet o‘qituvchilari uchun xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy jurnallarga maqolal tayyorlash bo‘yicha bir qator seminarlar o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun: Michigan davlat universiteti 1817-yil Detroyt shahrida tashkil etilgan. Dastlab oliy oʻquv yurti maqomiga ega boʻlmagan. Oliy oʻquv yurti sifatida 1837-yil Ann-Arbor shahrida taʼsis etilgan. Meʼmorlik, muxandislik, adabiyot, sanʼat, farmatsevtika, stomatologiya, pedagogika, huquq, tibbiyot, musiqa, jamiyatshunoslik hamda ijtimoiy munosabatlar va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 37 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Universitet kutubxonasida 4 milliondan dan ortiq asar saqlanadi.
 
Bo'lishmoq: