O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi 2020-yil 28-avgustda tashkil topgan. Kafedrada bugungi kunda jurnalistika ta’lim yo‘nalishida “Chet tili (sohaga yo‘naltirilgan chet tili), “Amaliy xorijiy til”, “Ikkinchi xorijiy til” kabi fanlar bo‘yicha chuqur va zamon talablariga mos bilim berilmoqda. Kafedraning asosiy vazifasi o‘quv, o‘quv-uslubiy masalalari, ma’naviy va ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlar, shuningdek tegishli muammolarni talabalar bilan muhokama qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, talabalarda mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish, zamonaviy bosqichdagi siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, talabalarga mustaqil ta’lim olish uchun ko‘maklashishdan iborat.
O‘quv ishlari
Kafedraning pedagog xodimlari tomonidan bakalavriyat va magistratura ta’lim yo‘nalishi talabalariga amaliy mashg‘ulotlar quyidagi fanlar bo‘yicha olib boriladi:
“Amaliy xorijiy til”;
“Chet tili (sohaga yo‘naltirilgan chet tili);
“Ikkinchi xorijiy til”.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fanlardan o‘quv adabiyotlari to‘liq ta‘minlangan. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar doimiy ravishda yangilanib turiladi. Universitetning axborot resurslari markazida barcha mavzular elektron versiyalarda taqdim etilgan.
2020-2021-o‘quv yilida kafedraga biriktirilgan 4 nafar magistratura yo‘nalishi talabalari magistrlik dissertatsiyalari ustida izlanish olib bormoqdalar.
Kafedrada bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlar:
“Chet tili (sohaga yo‘naltirilgan chet tili),
“Ikkinchi xorijiy til”;
“Amaliy xorijiy til”.
Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar
Kafedraning ilmiy salohiyati - 13 % ni tashkil etadi. Kafedra a’zolaridan 2 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
Kafedra pedagog-xodimlarining o‘rtacha yoshi 35 yosh. Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan universitetda faoliyati davomida xalqaro SCOPUS, WEB of Science da 4 ta ilmiy maqola, xorijiy Impact Faktorga ega jurnalda 10 ta maqola, OAK mahalliy jurnalda 5 ta maqola, xalqaro miqyosida 20 dan ortiq tezislar tayyorlangan.
Kafedra tomonidan Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi hamda TDSHU huzuridagi Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti o‘rtasida memorandum tuzildi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan belgilangan reja asosida korxona, tashkilot va muassasalarda turli mavzularda ma’ruzalar o‘tkazib kelinmoqda. Kafedraning 11 ta o‘qituvchisi guruh murabbiyi sifatida faoliyat olib borishadi. Ular tomonidan guruhlarda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda.
Kafеdra manzili
Toshkent shahri, Yunusobod tumani,
Qiyot mahallasi 80-uy.
Asosiy bino, 2/4-xona.