O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi 2018-yilda tashkil topgan. Kafedrada bugungi kunda ”Internet jurnalistika”, “Siyosatshunoslik”, “Xalqaro jurnalistika”, “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” va shu kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun bir qator fanlar bo‘yicha chuqur va zamon talablariga mos bilim berilmoqda. Kafedraning asosiy vazifasi o‘quv, o‘quv-uslubiy masalalari, ma’naviy va ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlar, shuningdek tegishli muammolarni talabalar bilan muhokama qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, talabalarda mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish, zamonaviy bosqichdagi siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, talabalarga mustaqil ta’lim olish uchun ko‘maklashishdan iborat.
O‘quv ishlari
Kafedraning pedagog xodimlari tomonidan bakalavr talabalariga ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari quyidagi fanlar bo‘yicha olib boriladi: “Siyosatshunoslik asoslari”, “Siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Siyosiy tizimlar va jarayonlar”, “Siyosiy sotsiologiya”, “Siyosiy konfliktologiya”, “Siyosiy menejment”, “Siyosiy jarayonlarni modellashtirish va tahlil”, “Jahon siyosiy tarixi”, “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati”, “Xalqaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlar”, “BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Falsafa” fanlaridan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Yuqoridagi fanlardan o‘quv adabiyotlari to‘liq ta’minlangan. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar doimiy ravishda yangilanadi. Universitetning axborot resurslari markazida barcha mavzular kitob elektron versiyalarda taqdim etilgan.
2019-2020-o‘quv yilida kafedraga biriktirilgan 16 nafar magistr talabalari magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan bo’lsalar, 2020-2021-o‘quv yilida kafedraga biriktirilgan 24 nafar magistr talabalarining magistrlik dissertatsiyalari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar
Kafedraning ilmiy salohiyati – 66,6 % ni tashkil etadi. Kafedra a’zolaridan 1 nafari fan doktori, 6 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
Kafedra pedagog-xodimlarining o‘rtacha yoshi 43,3 yosh. Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan universitetda faoliyati davomida xalqaro Scopus, Web of Science da 4 ta maqola, xorijiy impakt faktorga ega jurnalda 13 ta maqola, OAK mahalliy jurnalda 10 ta maqola, xalqaro miqyosida 4 ta tezis, respublika miqyosida 15 ta tezis tayyorlangan.
Kafedra tomonidan nazariya bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan siyosiy partiyalar, shuningdek boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy va ustoz-shogird tizimi boʼyicha Universitet, “Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar” fakulteti va kafedra rejasi asosida talabalar oʼrtasida, turar joylari va talabalar uyida turli tadbirlar, davra suhbati, savol-javob tarzida uchrashuvlar oʼtkazildi, Universitet miqyosidagi tadbirlarda maʼruzalar bilan chiqildi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni topshirigʼi asosida 3 nafar pedagog xodimlari oktyabr oyida boʼladigan Prezident saylovlari boʼyicha Sirdaryo viloyati, Samraqand viloyati, Toshkent viloyati va Toshkent shahri va tumanalarida oʼquv seminarlar tashkil etildi, faollar bilan seminarlar oʼtkazildi. Kafedrada oʼquv yili davomida 109 ta turli tadbirlar oʼtkazildi va ishtirok etildi, shuningdek, 5 nafar pedagog xodim guruh murabbiyi boʼlib ishladilar.