27.01.2021 700

Talabalar vazir va yoshlar uchrashuvida onlayn ishtirok etishdi

Hech e’tibor berganmisiz, hatto kichik tashkilotlar, yangi tuzilmalar ham o‘z logosiga ega bo‘lgan bir zamonda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining logotipi mavjud emas(ekan???)

26-yanvar kuni, Abduqodir Toshqulov (yangi vazir) hamda 100 dan ortiq OTM talabalari ishtirokida video-uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Vazirning aytishicha, Oliy ta’limdagi yangiliklar, taklif va muammolar avvalo talabaniki, shu bois rektordan ham avval talabaning fikrini o‘rganish afzal.

Uchrashuvda ortiqcha rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmadi (shunaqa qilib suhbat tashkil qilsa ham bo‘larkanku) va A.Toshqulov:

- WiFi zonalar tashkil qilish (keraksiz saytlarga kirishni cheklash);

- ARM faoliyatining uzluksizligini ta’minlash;

- Stipendiantlarni talabalarning xolis ovoz berishi orqali aniqlashni yo‘lga qo‘yish;

- Vazir, hokim, rektor, ish beruvchi mutaxassisliklarning stipendiyalarini joriy qilish;

- Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi ishlar amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tdi.

Talabalar tomonidan berilgan takliflar:

- Professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

- Konferensiya, tanlovlarni tizimli ravishda o‘tkazilishini nazorat qilish;

- “Tarjimonlar ittifoqi”ni tashkil qilish;

- Stipendiant bo‘lishda baholarning ta’sirini kamaytirish;

- Yagona talabalar ilmiy-elektron jurnalini tashkil qilish;

- Xorijiy davlatlar OTMlarining dars jarayonlaridan translatsiya qilish;

- Fan olimpiadalarining o‘tkazilish miqyosini oshirish va shu kabilar.

Tez orada takliflar amalga tadbiq etilib, muammolarga yechim topiladi degan umiddamiz.

Ortiqcha his-hayajonsiz bayon etishga harakat qilindi. Chunki bu shunchaki xabar xolos.

Bayon etilganlar amalda kuchini ko‘rsatgandan so‘ng har qancha emotsiya ila post qo‘ysak arziydi.

Bo'lishmoq: