16.12.2021 374

“Shuhratli manzillar” ijodiy kechasi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kuni kecha Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Shuhrat Orif va xonanda Shuhrat Daryo ishtirokidagi “Shuhratli manzillar” ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ijodiy uchrashuvni universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ochib berdi.

Shoir Shuxrat Orif ijodi bilan yaxshi tanish bo‘lgan universitet talabalari she’rlarni shoir bilan birgalikda, teng o‘qidilar, she’riyatning betatkror iforidan bahramand bo‘ldilar.
Sheʼrxonlik asta sekin jonli ijrodagi ohanglarga ulanib ketdi. Shuhrat Daryo ijodining eng sara taronalari bilan talabalarni shod qildi. Yoshlar shuxrat Daryo bilan teng kuyladilar, teng o‘ynadilar, tengma-teng ohanglar ila o‘yga cho‘mdilar.

Tadbir so‘nggida shoir Shuhrat Orif o‘zining yangi kitobini talabalarga sovgʼa qildi. O‘z navbatida, oliy o‘quv yurti rektori ham mehmonlarga universitetning esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbir unutilmas onlar to‘la bo‘ldi.

Bo'lishmoq: