08.12.2020 1138

"PR novatorlik" mavzusida suhbat

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tashkil etilgan PR Club faoliyati doirasida shu yilning 4-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi axborot xizmati rahbari Murodilla Alimbayev bilan “PR novatorlik” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Talabalar novatorlik o‘zi nima, u nima uchun kerak kabi savollarga javob olishdi. Qizg‘in ruhda o‘tgan suhbat talabalarda katta taasurot qoldirdi.

Ma’lumot uchun, 2017-yilda Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan faxriy medali bilan taqdirlangan.

2017-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “Xotira medali”ga sazovor bo‘lgan.

2019-yilda Afg‘oniston Yoshlar Harakati Kengashi bosh kotibining faxriy yorlig‘ini olgan.

Shuningdek, “Barselona” futbol klubida professional tayyorgarlik tajribasiga ega.

Markaziy Osiyoda birinchi “Hologram World” gologramma teatri loyihasining muallifi hisoblanadi.

Bo'lishmoq: