30.11.2020 709

O‘zJOKUda stajyor-tadqiqotchilikka qabul boshlandi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha stajyor-tadqiqotchilikka qabul boshlandi.

Hujjatlar 2020-yil 6-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2021-yilda  qabul qilinadigan izlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://mininnovation.uz/uz/doctorate bazasida onlayn qabul qilinadi.

Hurmatli stajyor-tadqiqotchilikka talabgorlar! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 696-son qarori bilan stajyor-tadqiqotchilik instituti tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi 2020-yil 26-noyabrdagi 37-sonli bayoni bilan tizimida OTM yoki ilmiy tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralari bilan kelishilgan holda 2021-yil uchun stajyor-tadqiqotchilikka qabul kvotasi taqsimlandi. Shu munosabat bilan stajyor-tadqiqotchilikka 2020-yilning 6-dekabrgacha phd.mininnovation.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

Stajor-tadqiqotchilikka qabul qilish talablari:

  • magistr darajasiga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.

Stajyor-tadqiqotchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli xujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

Bo'lishmoq: