01.12.2020 1019

O‘zJOKU talabalari Turkiyada amaliyot o‘taydi!

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Turkiyaning Madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alparslan Akinchi va Turkiya teleradiokompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Nizam Shahin tashrif buyurdi. Mehmonlarni Universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev kutib oldi va oliygohdagi o‘quv jarayonlari, foydalanishga topshirilgan yangi  bino, tele-va radiostudiya, bir so‘z bilan aytganda oliygoh imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama do‘stona aloqalarini yanada mustahkamlash va istiqboldagi yangi hamkorlik loyihalarini muhokama qilishdan iborat. Shuningdek, janob Nizam Shahin taklifi - universitet talabalarining Turkiya teleradiokompaniyasida stajirovka o‘tash masalasi ham ko‘rib chiqildi va universitet rahbariyati tomonidan ijobiy kutib olindi.

“Biz universitet talabalari orasidan eng iqtidorli va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kuchli bilimga ega bo‘lgan yoshlarni Turkiya Teleradiokompaniyasida stajirovka o‘tashlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va mazkur loyihani 2021-yildan boshlab amalga oshirishga tayyormiz”- dedi TRT ning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari.

Endilikda universitet talabalari Turkiya Teleradiokompaniyasida stajirovka o‘tashlari, mazkur mamlakat jurnalistikasi va uning faoliyati bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa ularning nazariy bilimlarini nafaqat mamlakat doirasida balki xorijda ham amalga tadbiq etib ko‘rishlari uchun yaxshi platformadir.

Bo'lishmoq: