30.01.2020 996

O‘zJOKU talabalari Prezident murojaatini chuqur o‘rganishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatiga bag‘ishlab, 2020 yil 29 yanvar kuni soat 14:00 da O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan talaba yoshlar uchun Xalqaro matbuot markazida press-seminar tashkil etildi. Seminarga XPK raisi, O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘jaev va Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev spikerlik qilishdi. Spikerlar Prezident murojaatida keltirib o‘tilgan muammolar va ularning echimi, 2020 yil- "Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da universitet oldiga qo‘ygan vazifalar, O‘zbekistonning 2020-yil uchun rejalari, Yangi O‘zbekistonni qurishda yoshlarning ayniqsa, bo‘lajak jurnalistlarning roli, oliy ta’lim sohasidagi islohotlar, xotin-qizlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va boshqa bir qator mavzularda ma’ruza qildilar.
Uchrashuv avvalida rektor bugungi kunda yoshlarga berilayotgan e’tibor haqida gapirdi, “Biz sizlar bilan Prezidentimiz belgilab bergan yo‘ldan borishimiz va kelajakda shaxs bo‘lib etishishimiz kerak. Davlatimiz rahbari jadidchilar haqida yaxshi fikrlar gapirdilar. Biz ularni eslashimiz, qaxramonlar sifatida qo‘rishimiz kerak. Aslida, "Bizga bugun shaxslar kerak" - degan gaplarida katta ma’no yotibdi. Fitrat, Bexbudiy, Qodiriy, Avloniylar hammasi shaxs bo‘lishgan va davlati uchun jonlarini fido qilishgan. Shaxslar raqobatdan qo‘rqmasligi, talab va takliflari qo‘llab-quvvatlanmasligi, muqobil tanlovlarga tayyor bo‘lishi kerak”, - dedi.
Spiker Rasul Kusherbaev talabalarga Prezident Shavkat Mirziyoev deputat va senatorlarning oldiga qo‘ygan vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi. Kelajakdagi rejalari haqida gapirib o‘tdi.
Shu bilan birga, yoshlarni faolligini oshirish, ularni mustaxkam fikrlash va tahlil qilishga ko‘maklashish tadbir tashkilotchilarining muhim vazifalari etib belgilandi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Tadbir so‘nggida spikerlar talabalarning savollariga javob berishdi. Tashkilotchi – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.


Hamkorlar: XPK, IPC
Axborot hamkorlar: “Sevimli”, “MY 5”, “MTRK”

 

Ijrochi: O‘zJOKU matbuot xizmati kotibi
Rushana Aliakbarova

Bo'lishmoq: