25.04.2024 76

O'zJOKU "Qora dengiz xalqaro kommunikatsiya tadqiqotlari” simfoziumida ishtirok etmoqda

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi ayni paytda Turkiyaning Zonguldak Bulet Echevit universiteti mezbonlik qilayotgan “Qora dengiz xalqaro kommunikatsiya tadqiqotlari” simfoziumida ishtirok etmoqda.

Simfoziumning ochilish marosimida universitet ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Nozima Muratova universitetimiz va uning 6 yillik faoliyati, erishgan yutuqlari, ta’lim va ilmiy yo’nalishlari bo’yicha ma’ruza qildi. Shundan so’ng sho’balarda Universitet delegasiyasining kafedra mudirlari, o’qituvchilarimiz va doktorantlarimiz o’z ilmiy izlanishlari yuzasidan chiqish qilishdi.  O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti delegatsiyasi tomonidan Zonguldak Bulet Echevit universiteti rektori Prof. Dr. Ismoil Hakkiga estalik sovg’alari topshirishdi.

Bo'lishmoq: