03.03.2021 1625

O‘zbekiston xalq qahramoni Ozod Sharafiddinov xotirasi abadiydur

1-mart kuni adabiyotshunos olim va publisist Ozod Sharafiddinov tug‘ilgan kuni munosabati bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Xotira kechasi” tashkil etildi.

Avvalo, universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar Adiblar xiyobonidagi yodgorlik oldiga borib adib haykali poyiga gul qo‘yib, uni yaxshi xotiralar bilan eslab o‘tdilar. Farzandlari, kuyovlari, nabiralari, evaralari ham bobolarini yod oldilar. Suhbatning davomi universitetda tashkil etildi. Olimning  ijodiy yo‘liga bag‘ishlangan uchrashuv davomida, Ozod Sharafiddinovning o‘g‘li Alisher Sharafiddinov nutqini shu so‘zlar bilan boshladi: “Haqiqatan ham, Qahramonning o‘g‘li bo‘lish qiyin edi. Men har doim katta ma’suliyatni his qilar edim. Shu bilan birga, bu ajoyib g‘urur. Otam har doim kitoblarga va adabiyotga katta muhabbat bilan munosabatda bo‘lgan”.

Yozuvchining nabirasi ham bobosi haqidagi xotiralarini mamnuniyat bilan baham ko‘rdi. Shaxnoza To‘ychievaning so‘zlariga ko‘ra, buyuk shaxslarning o‘ziga xos tarixiy taqdiri - vazifasi bor. Ozod Sharafiddinovning vazifasi esa tanqidni san’at darajasiga olib chiqish edi!

Ozod Sharafiddinov ijodi bilan yaqindan tanish bo‘lgan odamlar, olimning hayotidagi so‘nggi o‘n yillikda taqdir Ozod Ustozni og‘ir kasalliklarga duchor qilganligini bilishadi. Boshida u bir oyog‘idan, biroz keyinroq, ikkinchisidan mahrum bo‘ldi. Ammo uning irodasi bu qiyinchiliklardan kuchliroq bo‘lib chiqdi. Hayotning barcha qiyinchiliklariga qaramay, bu kishi ijod qilish, yozish, tarjima qilishni to‘xtatmadi. U hech qachon jamoat hayotidagi voqealarga befarq qolmadi, o‘zining fuqarolik pozitsiyasini namoyish etdi. 

Sherzodxon QUDRATXO‘JA olimning oilasiga tashrifi davomida va xotiralari bilan o‘rtoqlashgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Ozod Sharafiddinov nomidagi stipendiya e’lon qilinayotganini eslatib o‘tdi. 

Talabalar bilan suhbatdan so‘ng mehmonlar Ozod Sharafiddinovning Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti devorlarida tashkil etilgan muzeyiga tashrif buyurishdi.

Bo'lishmoq: