16.12.2021 460

O‘zbekiston Sambo Federatsiyasi bilan hamkorlik

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbekiston Sambo Assotsatsiyasi prezidenti Alisher Alimov, Sambo terma jamoasi murabbiylari Roman Shakirov va Yekaterina Bliznesova, Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati mutaxassisi Otabek Eshmamatov o‘z jamoasi bilan birgalikda mehmon bo‘lishdi.

Alisher Alimov universitet talabalari orasidan sport jurnalistikasiga qiziquvchi yoshlarni saralab olib, ularga federatsiya matbuot xizmati va boshqa sportga doir turli nashrlarda amaliyot o‘tash, keyinchalik ishlab qolish taklifini berdi. Ko‘pchilik talabalar uchun bu juda yaxshi imkoniyat va ajoyib taklif bo‘ldi. Uchrashuv davomida O‘zJOKU va Sambo Assotsatsiya bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, tadbir so‘ngida Alisher Alimov universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘jaga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, federatsiya nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Hech birimizga sir emaski, talabalarni amaliyotga jalb etish va keyinchalik ishga olish taklifi bilan universitetga ko‘plab katta tashkilotlardan takliflar tushadi. Talabalarimizga ana shunday imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslikni va fursatdan to‘g‘ri foydalanishni maslahat beramiz. Zero, bunday takliflar har doim ham, hamma universitetlar uchun ham bo‘lavermaydi!

Bo'lishmoq: