28.02.2021 953

O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi Yunusobod kengashi raisi hamda partiya faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv maqsadi Partiyaga yangi qabul qilingan a’zolar bilan tanishish hamda ularga partiya guvohnomalarini topshirishdan iborat bo‘lib, yig‘ilish davomida O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi Yunusobod kengashi raisi talabalar oldida so‘zga chiqdi va Partiya faoliyati haqida yanada kengroq ma’lumot berdi.
Tashrif davomida partiya faollari “Partiya bugungi kunda qay darajada ishlamoqda?”, “Maqsadi va ustavi nima?”, “Qanday tashkil topgan?” kabi savollarga javob berishdi. Talabalar bilan o‘tgan qizg‘in suhbat davomida ko‘plab talabalar o‘z savollariga javob oldilar.
Uchrashuv yakunda esa Yunusobod tumani ayollari va xotin-qizlari o‘rtasida tashkil etilgan klub doirasida universitetning siyosatshunoslik yo‘nalishi talabalari ushbu klubga rasman taklif etildi.

Bo'lishmoq: