24.04.2024 145

“Onlayn media taraqqiyoti tendensiyalari: muammo va yechimlar”

Xabar berganimizdek bugun O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Onlayn media taraqqiyoti tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiya O'zJOKUning 6 yilligi bilan munosabati bilan o'tkazildi.

XXI asrda dunyoda informatsion texnologiyalar, xususan, internetning rivojlanishi insonlarning axborot olish va axborot uzatish madaniyatini tubdan o‘zgartirdi. Bu esa media sohasida yangi tendensiyalar paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.

Konferensiyada O‘zA bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov, yurtimiz oliy ta'lim muassasalari, xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib borayotgan amaliyotchi-jurnalistlar, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va blogerlar ishtirok etdi.

Bo'lishmoq: