30.06.2020 2350

Navbatdagi onlayn ma'ruza: "Zamonaviy jurnalistika: yangi trendlar va muammolar"

Qadrli talabalar! O‘zJOKU ma’muriyati sizlarni yozgi ta’til vaqtingizni unumli o‘tkazishingiz uchun sizlar uchun turli mavzularda onlayn-ma’ruzalar tashkil etib kelmoqda. Ertaga ham, soat 17:00 da navbatdagi onlayn-ma’ruza bo‘lib o‘tadi. "Amerika ovozi" tahririyati o‘zbek xizmati muharriri Behzod Mamadiyev "Zamonaviy jurnalistika: yangi trendlar va muammolar (AQSh va O‘zbekiston OAV misolida)" mavzusida ma’ruza qiladilar.

Ma’lumot uchun: Behzod Mamadiyev O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Hindistonning Dehli universitetida hamda AQShning Shimoliy Karolina universitetida tahsil olingan.

"O‘zbekiston adabiyoti va san’ati", "Kuch - adolatda", "Ma’rifat" gazetalarida ishlagan. 2009-yildan beri AQShda yashaydi. Ayni paytda "Amerika ovozi" o‘zbek xizmati muharriri.

konferensiya identifikatori: 747 5059 7524
Parol: 2LvrG5

Bo'lishmoq: