28.02.2021 1010

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari bilan suhbat

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, Axborot siyosati va axborot texnologiyalari bo‘yicha Spiker o‘rinbosari Odiljon Tajiyev keldi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Qonunchilik Palatasi faoliyati va ish jarayoniga bo‘lajak siyosatshunoslar va jurnalistlarni yaqinlashtirish, ochiqlik va so‘z erkinligi, Qonunchilik Palatasi a’zolari hamda Yoshlar Parlamenti haqida talabalar bilan ochiq suhbat olib borishdan iborat bo‘lib, yig‘ilish davomida Odiljon Tajiyev talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston jurnalistika va оmmaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro Press-klub raisi, dr. Sherzodxon QUDRATXO‘JA  tashrif buyurgan mehmon bilan do‘stona suhbatda bo‘ldilar, Universitet talabalari ham Parlament faoliyatini Ichkaridan kuzatishga va jurnalistik nuqtai nazaridan yoritishga tayyorliklarini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida Universitet rektori Sherzodxon QUDRATXO‘JA Parlament a’zolarining ko‘proq Universitetga tashrif buyurishlarini va shu kabi ochiq subbatlar tarafdori ekanliklarini aytib o‘tdilar.

Bo'lishmoq: