06.05.2021 669

Murad Nazarov talabalar bilan iftorlik qildi

Bir necha kundirki, universitetimizdagi My sweet homeda istiqomat qilayotgan talabalarimiz uchun Murad Buildings kompaniyasi asoschisi Murad Nazarov iftorlik tashkillashtirib berayotgan edi. Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga shaxsan Murad Nazarovning o‘zi kelib talabalar bilan birkalikda iftorlik qildi.

Mehmon iftorlik dasturxoniga o‘tirishdan avval universitetda kuni kecha ish faoliyatini boshlagan tele va radiostudiya bilan tanishdi. Universitetdagi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan teleradiostudiyalarni ko‘rib, juda chiroyli va zamonaviy universitet bo‘lganligini, avval jurnalistika fakultetlarida bu kabi imkoniyatlar bo‘lmaganini, bugungi qilingan ish esa ulkan ekanligini ta’kidladi.

Mehmon bilan talabalar iftorlikdan keyin universitetdagi kinoteatr hamda Shaxmat zonasi oldida suratga tushishdi.

Biz universitet rahbariyati, jamoasi, talabalar nomidan Murad Nazarovga minnatdorchilik bildiramiz. Ramazon oyida qilgan ehsonlarini Alloh dargohiga qabul qilsin.

Bo'lishmoq: