29.01.2021 3784

Latviya bilan yaqin hamkorlik

Universitetning xalqaro hamkorlari soni yana bittaga ko‘paydi. Bugun O‘zbekiston jurnalistka va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Latviya Respublikasi elchisi Mihails Popkovsni qabul qildi.  Mehmonlarni universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja kutib oldi. Mehmonlar universitet yangi binosi, o‘qish jarayonlari, tele va radio studiya faoliyati bilan tanishishdi.

Mazkur uchrashuv ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘ldi.  Latviya Respublikasi elchisi universitet rektori bilan do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi hamkorlik loyihalarini muhokama qildi.

“Universitetingizdagi muhit meni yoshligimga qaytardi. Jurnalistik faoliyatimni esladim. O‘ylaymanki, yaqin kelajakda hamkorligimizni yanada mustahkamlab, ikki davlat o‘rtasida jurnalistika faoliyati bo‘yicha ta’lim olayotgan yoshlar uchun talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yamiz” - Latviya Respublikasi elchisi Mihails Popkovs.

Universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlab, nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar o‘rtasida malaka almashish uchun imkoniyat yaratishi mumkinligi ta’kidladi. Ikki davlatda mavjud media va jurnalistikaga oid adabiyotlardan teng foydalanish funksiyasini yo‘lga qo‘yish, Iyun oyiga qadar Zoom platformasida online uchrashuvlar va xalqaro konferensiyalar o‘tkazish taklifini berdi. Takliflar elchi tomonidan ijobiy kutib olindi.

O‘zaro manfaatli muloqotdan so‘ng elchi universitet faxrli mehmonlari kitobiga o‘z taasurotlari va tilaklarini yozdi.

Bo'lishmoq: