24.01.2020 1584

Koʻngilli yoshlar guruhi: qanday?

Shu yilning 23-yanvar kuni Oʻzbekiston respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti qoshida tashkil etilgan "PR club" hamkorligida Madaniyat vazirligida Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yoʻnalishi birinchi va ikkinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati kotibi Mavluda Asqarxoʻjayeva va OʻzJOKU talabalari oʻrtasida erkin muloqot va qizgʻin savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad Madaniyat vazirligi qoshida Koʻngilli yoshlar guruhi ochish va unda OʻzJOKU talabalarining doimiy faoliyatlarini taʼminlash. Uchrashuv soʻngida koʻngilli yoshlar guruhi tuzilib, uning nizomi, dasturi va doimiy aʼzolar roʻyxatini shakllantirish Karim Zaripov, Sirojiddin Poʻlatov va Shahribonu Farmonovalarga yuklatildi. Koʻngilli yoshlar guruhi va Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati kotibi Mavluda Asqarxoʻjayeva oʻrtasidagi bunday uchrashuvlar har oyda tashkillashtirilishi aytib oʻtildi. Yangi tuzilgan Koʻngilli yoshlar guruhining kelajakdagi faoliyatlariga omad tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: