07.12.2021 395

Isroil elchisi O‘zJOKUda

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zexavit Ben-Gilel mehmon bo‘ldi.

Elchi xonim universitetning siyosatshunoslik yo‘nalishi talabalari bilan O‘zbekiston va Isroil diplomatik aloqalari, ikki mamlakat munosabatlarining rivoji, elchixonalarning har ikki mamlakat oldidagi vazifalari va shu kabi mavzularda qiziqarli suhbat qurdi. Talabalar Zexavit Ben-Gileldan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi. Suhbat mazmunli va siyosatshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun muhim ma’lumotlarga boy bo‘ldi.

Bo'lishmoq: