01.02.2020 1324

Iqtidorli talabalar munosib taqdirlanishdi

Yurtimizda kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinayotganiga o‘zlaringiz bevosita guvohsizlar. Muhtaram Prezidentimiz yaqindagina O‘zbekiston Oliy Majlisiga murojaatnomasini Sharq donishmandlarining quyidagi fikri bilan boshlab, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”, deya ta’kidlagandilar va bu yil yoshlar uchun ulkan imkoniyat eshiklarini ochuvchi islohotlar rejasi va ijrosi xususida gapirgandilar. Albatta, ushbu tarixiy murojaatnomani barchangiz bevosita kuzatdingiz va uning mazmun-mundarijasidan yaxshi xabardorsiz. O‘tgan yillar mobaynida “Harakatlar strategiyasi”, “Besh tashabbus” loyihalari doirasida hayotga tadbiq etilgan chora-tadbirlar natijasida ko‘plab yoshlar o‘z qobiliyatlarini namoyon etib, salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Bugun uchrashuvda universitetimiz rektori kunduzgi va sirtqi bo‘lim talabalari, magistrantlari bilan uchrashib, o‘tgan fursat mobaynida faxrli yutuqlarga erishib e’tirof etilgan talabalardan Nazokat Jabborova (“Yosh kitobxon” Respublika ko‘rik tanlovida faxrli 2-o‘rin sohibasi), Sirojiddin Ibragimov (“Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika ko‘rik tanlovida 1-o‘rin sohibi), Robiya Jo‘raeva (sportning Karate – do turi bo‘yicha osiyo chempioni), Shoista Jabborova (sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha o‘zbekiston chempioni), Islomjon Yoqubjonov (sportning jiu - jitsu turi bo‘yicha o‘zbekiston chempioni), Amirxon Umarov (“Oltin qalam” milliy mukofoti, “Oltin kabutar” mukofoti sovrindori), Sarvar Bahodirov (“Oltin qalam” milliy mukofoti, “Oltin kabutar” mukofoti sovrindori), Inobat Ahatova (Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston bahori II ijod festevali g‘olibi) kabi iqtidorli talabalarni taqdirlab va yoshlarning takliflarini o‘rgandi.

Bo'lishmoq: