02.08.2021 1239

Ijodiy imtihon qanday o‘tdi?

Avvalroq xabar berganimizdek, bugun O‘zJOKUning mediadizayn yo‘nalishida tahsil olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar ijodiy (kasbiy) imtihonlarni topshirishdi.

Imtihonlarning birinchi qismi yozma ish, ikkinchi qismi esa kompyuterda dizayn texnikasi bo‘yicha ishlash tarzida o‘tkazildi. Ikkinchi qismda abituriyentlar 3 guruhga bo‘linib, o‘zlariga ajratilgan kompyuterlarda ijodiy ishlarini yasashdi.

Bu vaqt ichida esa abituriyentlarning yozma ishlarini amaliyotchi jurnalistlar tekshirib, baholab universitet mas’ul xodimlariga topshirishdi. Ijodiy imtihonning ikkinchi qismini esa Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari baholashadi. Jarayonda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash uchun imtihonlar to‘liq onlayn translyatsiya qilindi va jurnalistlar tomonidan ham bevosita kuzatildi.

Fursatdan foydalanib, yozma ishlarni baholashda vaqtlarini ayamay ishtirok etishgani uchun amaliyotchi jurnalistlar Shoxira Hamro, Eldor Asanov, Anora Sodiqova va Xayriddinmurod Abdulfayziyevga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Imtihon javoblari ertaga e’lon qilinadi!

Bo'lishmoq: