23.12.2020 763

"Abay" medali muborak bo'lsin

Bugun, 23-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida kelgusi yilning 10-yanvar sanasida bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi va maslahatlari deputatlari sayloviga bag‘ishlangan brifing uyushtirildi.
Tadbirda Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Darxan Amangeldievich Satibaldi
janoblari yig‘ilganlar e’tiboriga bo‘lajak saylov va unga ko‘rilayotgan tayyorgarliklar haqidagi ma’lumotlarni havola etdi.
Brifingda O‘zbekistonda istiqomat qiladigan, 18 yoshga to‘lgan Qozog‘iston fuqarolari elchixona binosida ovoz berishlari mumkinligi, ular uchun 267-sonli saylov uchastkasi tashkil etilgani to‘g‘risida axborot berildi.
Shuningdek, shu kunlarda O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan jurnalistlar hamda media sohasi vakillari qozoq mumtoz adabiyotining asoschisi Abay Qo‘nonboev tavalludiga 175-yil to‘lishi munosabati bilan “Abay” medaliga sazovor bo‘lishdi.
Mazkur yuksak mukofot O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi, Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li QUDRATXO‘JAga ham topshirildi.
Bo'lishmoq: