03.12.2020 771

1-kurs talabalari uchun tanishuv soati

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan universitetning 1-bosqich talabalari uchun tanishuv soati bo‘lib o‘tdi.

Bo‘limning asosiy maqsad, vazifalari, erishilgan yutuqlari borasida talabalarga ma’lumot berildi.        

“Faoliyatimizning asosiy kuchi siz, talabalar hisoblanasiz. Shunday ekan, hamisha faol bo‘lishingizni so‘rayman", - dedi bo‘lim boshlig‘i Gulhayo Elmurodova.

Tanishuv soatida ishtirok etgan faol talabalar o‘z guruhdoshlariga ham barcha ma’lumotlarni yetkazishlariga umid qilib qolamiz.

Bo'lishmoq: