17.07.2020 72993

O‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimi

Hurmatli talabalar.

Endi siz o‘qishni ko‘chirish va uni qayta tiklash uchun online ariza yuborish imkoniyatiga egasiz. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yagona axborot tizimi https://transfer.edu.uz ishga tushirilidi. 

Unda talabalar oʻqishini koʻchirish uchun onlayn ariza berish axborot tizimi orqali quyidagi masalalar boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:

- Boshqa universitetga oʻqishni koʻchirish;

- Boshqa taʼlim yoʻnalishiga oʻqishni koʻchirish;

- Universitetda oʻqishni qayta tiklash.

 

Siz ushbu masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun universitetimiz mas’ul xodimining quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998 95 475 51 51 

Bo'lishmoq: