Psixologiya yo‘nalishi

Psixologiya yo’nalishi:  Ushbu yo‘nalishda 28 talaba tahsil oladi. Psixologiya  yo`nalishi 2023 yilda tashkil etilib, ushbu yildan boshlab keng profilli psixologlar tayyorlash universitetning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Hozirgi kunda bakalavr yo‘nalishida yagona  kunduzgi yo‘nalish Amaliy psixologiya yo`nalishi mavjud bo`lib, kelajakda psixolog mutaxassislarning pedagog psixolog sifatida pedagogik korxonalarning barcha jabhalarida (kasb xunar kolleji, akademik litsey, o‘rta ta’lim maktablarida) kasbiy tayyorgarligini namoyish etish bilan birga g‘oyaviy yetuk shaxs, jamoatchi, insonshunoslikning targ‘ibotchisi timsolida namoyon bo‘lishi, shu bilan bir qatorda  Xalq xo‘jaligini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shaxslararo iliq muhitni vujudga keltirish, barkamol shaxsni shakllantirish, ruhiy va xulqiy og‘ishlardan uzish mashg‘ulotlarni olib borish, zo‘riqish hamda nizoli vaziyatlarni o`z bilimini ishga solish, iste’dodli yoshlarni tanlash, oila butligini ta’minlash kabi jarayonlarda mutaxassislar yetishtiradi.