Mediamenejment yo‘nalishida 17 nafar talaba tahsil olishadi. Ularga “Menejmentga kirish”, “Menejmentning tadqiqot usullari”, “Ijro menejmenti”, “Mediabiznes asoslari va boshqaruv”, “Marketing asoslari”, “Mikroiqtisodiyot”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, Makroiqtisodiyot”, “Raqamli iqtisodiyot” “Xorijiy til”, “Pul va kredit”, “Raqamli platformalar”, “Axborot texnologiyalari”, “Mediamarketing strategiyalari va texnologiyalari”, “Marketing va jamiyat”, “Marketing kommunikatsiyalarida PR”, “Axborort xizmati faoliyatini tashkil etish”, ““Soliq va bojxona ishi”, “Televideniye va radioda reklama”, “Mediamarketing nazariyasi va amaliyoi”, “Ijtimoiy tarmoqlarda marketing” fanlari bo‘yicha tahsil olishadi. Ularga Sherzodxon Qudratxo‘ja, Dilshod Mamasoatov, Sadoqat Maxsumova, Latofat Toshmuhamedova, kabi mohir professor-o‘qituvchilar dars berishadi. Talabalar ta’lim olishi bilan birga turli ommaviy axborot vositalarida, xususan, “O‘zbekiston” , “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Dunyo bo‘ylab” telekanallari, “Ma’rifat”, “Darakchi”, “Yoshlar ovozi” gazetalarida amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar. Juda ham bir qiziq yo‘nalish bo‘lgan holda, ko‘p abituriyentlar e'tiborini o‘ziga tortmoqda.
O‘qituvchilar: Zafar Rustamov, Umida Yakubova, M.Masemedjanova, Gulnoza Nasrullayeva.
Tyutor: hozircha yo‘q