24.11.2023 1178

Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning muammolari va istiqbollari xalqaro-ilmiy amaliy konferensiya

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Xorijiy tillar kafedrasi hamda Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti bilan hamkorlikda “Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages (Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning muammolari va istiqbollari)” mavzusida xalqaro-ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Bugungi konferensiyaning asosiy maqsadi oliy o‘quv yurtlarida chet tillarini o‘qitishning innovatsion usullari, chet tilini o‘qitishda interaktiv pedagogik texnologiyalar, an’anaviy va noan’anaviy usullar, chet tillarini o‘qitishda kommunikativ yondashuv, chet tillarini o‘qitish jarayonini optimallashtirish, Internet-resurslardan foydalanish, mustaqil ta’limni rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Bo'lishmoq: