27.11.2021 454

“Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning muammolari va istiqbollari”

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kuni kecha “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti, O‘zbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Toshkent Webster universteti professorlari, ITTI bo‘yicha TESOL rahbari va trenerlari, Farg‘ona politexnika instituti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor — o‘qituvchilari, hamda Zoom platformasi orqali online tarzda Burundi Respublikasidan, Ozarbayjondan, Buyuk Britaniyadan professorlar ishtirok etishdi.

Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy o‘quv yurtlarida chet tillarini masofadan o‘qitishning innovatsion usullari, chet tilini o‘qitishda interaktiv pedagogik texnologiyalar, anʼanaviy va noanʼanaviy usullar, chet tillarini o‘qitishda kommunikativ yondashuv, chet tillarini o‘qitish jarayonini optimallashtirish, internet-resurslardan foydalanish, mustaqil taʼlimni rivojlantirish yo‘llari, mustaqil taʼlimni takomillashtirish yo‘llari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Bo'lishmoq: