06.06.2024 312

Shu Chen O‘zJOKU faxriy professori

Bugun Universitet Kengashining tegishli qarori bilan “The Asia Group” xalqaro konsalting kompaniyasi boshqaruvchi direktori hamda “Faro Foundation” NNT katta maslahatchisi Shu Chenga O‘zJOKU «Faxriy professori» faxriy unvoni berildi.

Faxriy unvonni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja topshirdi.

Tadbirda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Akramjon Fozilov, Mo‘g‘uliston Respublikadan, universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalar ishtirok etishdi.

Bir necha yillar oldin Shu Chen “Meta/Facebook” kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Bo'lishmoq: