02.03.2020 1191

O‘zJOKUdan yangi va yaxshi yangilik!

29-fevral O‘zJOKU universitet Kengashida chet tili o‘qituvchisi Gulsanam Xasanova, “Pravda Vostoka” va “Yangi O‘zbekiston” gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov, Davlat va jamiyat qurilishi instituti o‘qituvchisi Mansur Yunusovlarlarga filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini tasdiqlovchi diplom hujjati topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 
Universitet rektori Sherxodxon Qudratxo‘jayev tadqiqotchilarni ilmiy daraja bilan qutlar ekan, ularning kelgusi faoliyatida zafarlar tiladi. O‘zJOKU o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Gulsanam Xasanova kabi muddatidan avval dissertatsiya ishini himoya qilgan mustaqil tadqiqotchi va doktorantlar universitet hisobidan mukofot puli bilan taqdirlanishini qayd etib, yosh izlanuvchilarga motivatsiya berdilar.
 
Shuningdek, majlisda aytilgan eng muhim yangiliklardan biri bu - professor-o‘qituvchi hamda doktorantlar Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda chop etgan bitta maqola uchun 2 million, 2 ta maqola uchun 5 million so‘m miqdorida mukofot puli bilan taqdirlanishi e’lon qilindi.
 
Scopus, Web of Science, Springer Nature kabi nufuzli xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalar universitetlarni xalqaro jamoatchilikda ilmiy salohiyatining o‘sishiga, dunyo reytinglarida o‘zbek olimlarining pozitsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shunday ekan yosh o‘qituvchi va doktorantlardan yangi tashabbus va innovatsion g‘oyalarni kutib qolamiz.
Bo'lishmoq: