25.11.2021 479

O‘zJOKUda kitob taqdimoti

Kuni kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti Axborot resurs markazi hamda Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi hamkorligida shoir Shukur Qurbonning “Haloskorlik yoxud Amir Temur iymoni” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu kitob 7 yil davomida yozilgan bo‘lib, u she’riy roman shaklida bayon qilingan. Kitobda shu jumladan Amir Temur hayotiga oid ta’sirli holatlar ham o‘z aksni topgan.

Shuningdek, universitetda shoir tomonidan nashr etilgan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Tabdir davomida talabalar tomonidan qiziqarli savol javoblar ham o‘tkazildi. Tadbir yakunida “Haloskorlik yoxud Amir Temur iymoni” nomli kitob O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetiga sovg‘a sifatida taqdim etildi.

Bo'lishmoq: