16.01.2022 432

O‘zJOKU professor-o‘qituvchilari va barcha talabalari diqqatiga!

Butun dunyo bo‘ylab (xususan mamlakatimizda ham) COVID-19 bilan bog‘liq jarayonlar murakkablashayotganini inobatga olgan holda, o‘zimiz va atrofimizdagilar sog‘ligini xavf ostida qo‘ymaslik muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.

Barchamizga ma’lumki dunyo bo‘ylab bu virusning Omikron shtammi tarqalib, insoniyat uchun yana jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda va afsuski bu shtamm bizgacha ham yetib kelishga ulgurdi.

Shu bois, O‘zJOKU o‘z professor-o‘qituvchilari va talabalari sog‘liklariga befarq bo‘lmasliklarini iltimos qilgan holda, qishki ta’til vaqti yakunlangunga qadar vaksinatsiyadan o‘tishlarini so‘rab qoladi!

Vaksina qabul qilganlariga 6 oy bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar qaytadan emlanishlarini, umuman vaksinatsiyadan o‘tmaganlar esa zudlik bilan vaksina olishlarini so‘raymiz.

24-yanvardan boshlanadigan yangi o‘quv haftasida talabalar imkon qadar vaksinatsiyadan o‘tgan bo‘lishlari lozim. Vaksina kasallikning tezroq va osonroq o‘tishiga yordam beruvchi yagona yo‘ldir!

O‘zingiz va o‘zgalar hayotiga xavf soluvchi bu virusga befarq bo‘lmang! Vaksinatsiya universitet ahli uchun, sizning oilangiz va shu bilan birga butun mamlakat uchun kerakli va muhim jarayon ekanini unutmang!

Bo'lishmoq: