04.02.2020 2357

O‘zJOKU o'qituvchilarining o‘n boblik kitob loyihasidagi ishtiroki

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor va o‘qituvchilari yirik o‘n boblik kitob nashr etishloyihasida ishtirok etishdi. Ushbu loyiha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan hamda Jurnalistika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Kitoblar bosma jurnalistika, televideniye va radio jurnalistikasi, jurnalistika nazariyasi, tarixi va uning rivojlanishi, media marketing va menejment, onlayn jurnalistika va yangi media yo‘nalishlari, bosma ommaviy axborot vositalari janrlari va mahorat darslari kabi mavzularga bag‘ishlangan.

Hozirgi zamon talablariga javob beradigan jurnalistik tafakkurni shakllantirish, jurnalistni ommaviy axborot vositalari tizimini ishlash istiqbollari va ishlash talablariga muvofiq amaliy faoliyatga tayyorlash kabi barcha muhim vazifalar yangi kitobda bayon etilgan.

Har bir jildga Jurnalistika universiteti o‘qituvchilaridan biri bosh bo’lgan. Shuningdek, O‘zJOKUning innovatsiyalar bo'yicha prorektori Nozima Muratova ushbu kitobni nashr etishda o‘z ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi:

Ushbu kitobning yettinchi "Onlayn jurnalistika va yangi trendlar" nomli bobiga rahbarlik qildim. Bu yerda biz eng yangi ishlarni birlashtirishga va yangi axborot texnologiyalarining ta‘siri ostida onlayn-jurnalistika va umuman jurnalistikani rivojlantirishning eng dolzarb mavzularini yoritishga harakat qildik. Xususan, kitobning birinchi qismi onlayn-jurnalistika va uning nazariyasi, amaliyotga tatbiq etilishi, onlayn-jurnalistika turlari, blogerlik, shuningdek, mass-medianing qismi bo‘lgan ijtimoiy mediaga bag‘ishlangan. Kitobning ikkinchi qismi yangi ommaviy axborot vositalarining auditoriyasi, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishining yangi turi - multimediya jurnalistikasi, auditoriya bilan ishlash usuli sifatida kraudsorsing, vizual axborot va infografikaning yangi turini taqdim etish kabi masalalarga bag‘ishlangan. Bugungi kunda ushbu mavzularning barchasi amaliyotdagi jurnalistlar, shuningdek ushbu sohalarning nazariy, ilmiy asoslarini o‘rganuvchi nazariyachilar uchun ham eng dolzarb hisoblanadi. Amaliyotdagi jurnalistlarga bu turdagi ma'lumotlar , ular ustida turli usullarda ishlashlari uchun yetkazib beriladi.

Bo'lishmoq: