24.05.2023 1458

O‘zJOKU 5 yoshda!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning PQ-3737 sonli qaroriga asosan 2018-yil 24-mayda tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilganligiga 5 yil bo‘ldi.

Ushbu sanaga bag‘ishlangan marosim jarayonlarida davlat va jamoat arboblari tashrif buyurishdi.

Shu jumladan:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Odil Kalandarovich ABDURAXMANOV;

2. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o'rinbosari - Yoshlar ishlar agentligi direktori - Alisher Zafar oʻgʻli Saʼdullayev;

3. Markaziy saylov komissiyasi raisi - Zayniddin Maxamatovich Nizamxodjayev;

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori - Sodiq Solixovich Safoyev;

Bundan tashqari tadbirda nufuzli tashkilot rahbarlari, OTMlari rektorlari va O’zJOKU bilan doimoy hamkor bo‘lgan vakillar ishtirok etishdi. 5-yillik sarhisob dastur davomida universitetning bir nechta xodimlari va talabalari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.

Barcha kelgan universitetning hamkor do‘stlariga, diplomatik vakolatxona vakillariga, OAV jurnalistlari va blogerlarga minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Bo'lishmoq: