05.03.2020 2019

"O‘zbekiston" nashriyoti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Kuni kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va "O‘zbekiston" nashriyot matbaa ijodiy uyi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
 
Tomonlar ushbu memorandum nashriyot faoliyatini yanada rivojlantirish talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish qolaversa, yangi, ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning muhim mexanizmga aylanishi ta'kidlab o'tildi. Mazkur memorandum ikki tomonlama munosabatlarni tartibga solish maqsadida 5 yilga tuzildi. Uning asosida o‘zaro hurmat, ishonch hamda manfaatli hamkorlik qilish haqida kelishib olishdi.
 
Uchrashuv davomida universitetning bosma OAV jurnalistikasi, mediamarketing va reklama, mediadizayn yo‘nalishlari talabalari bugungi kundagi dolzarb muammolar va kamchiliklar, kitob muqovasidagi yangi innovatsion yondashuvli tendentsiyalar haqida nashriyotga beradigan foydalari haqida fikr, mulohalar bildirishdi.
Bo'lishmoq: