07.11.2023 323

“Ommaviy axborot vositalarida til va uslub masalasi: tahlil, tasnif, qiyos” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilad

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Qoraqalpoq davlat universiteti, Turkiya Respublikasi Artvin Choruh universiteti, Ozarbayjon Respublikasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti, Qozog‘iston Respublikasi Yevroosiyo Milliy universiteti hamkorligida 2023-yil 22-noyabr kuni “Ommaviy axborot vositalarida til va uslub masalasi: tahlil, tasnif, qiyos” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Anjuman ilmiy yo‘nalishi quyidagi sho‘balar asosida maqolalar qabul qiladi:
- medialingvistika nazariyasi va amaliyoti;
- adabiyotshunoslik muammolari va tarjima mahorati;
- notiqlik san’ati va nutq madaniyati;
- matn tahlili va tahriri;
- audiovizual jurnalistikada til va uslub masalasi.

Konferensiya ishchi tillari: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, turk.
Konferensiyani o‘tkazish tartibi: 2023-yilning 22-noyabr kuni soat 10.00da ZOOM dasturi orqali o‘tkaziladi.

Maqola va tezislar 2023-yil 15-noyabrga qadar qabul +998-91-545-96-98 (@science_time_uz) telegram messenjeri orqali qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon raqami:
+998909930577 (Aziza Siddiqova)

Bo'lishmoq: