03.10.2021 115

Hamkorlik memorandumlari imzolandi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi bilan Hamkorlik memorandumini imzolandi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘lib, memorandum strategik sheriklikning asosiy yo‘nalishlari va birgalikdagi faoliyat shakllarini belgilab beradi. Endi universitet va madaniy markaz o‘rtasida turli yo’nalishlarda izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Memorandumning maqsadini amalga oshirish uchun ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalar ustida ishlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish ko‘zlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Yevrosiyo Press Xalqaro Jamg‘armasi bilan ham hamkorlik memorandumini imzoladi.

Qo‘shma ilmiy loyihalar ustida ishlash bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqildi, hamkorlik yo‘nalishlarining amal qilish muddati besh yil etib belgilandi.

Endilikda hamkorlar turli yo‘nalishlarda izchil kelishuvlar olib boradi, talabalarga esa ilmiy va ijodiy yo‘nalishlarda malaka oshirish imkoniyati beriladi.

Bo'lishmoq: