03.10.2022 391

E’lon

YUNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining joriy yil 6-iyuldagi 130/22-sonli xatiga muvofiq Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olim va olimalarni qo‘llab-quvvatlash uchun joriy etilgan Saudiya Arabistoni va YUNESCO tashkilotining birinchi YUNESCO/Al Fozan mukofoti uchun tanlov e’lon qiladi.

Ushbu xalqaro mukofot har ikki yilda bir marotaba e’lon qilinib, besh mintaqadan tanlab olingan 5 nafar olim va olimalarga taqdim etiladi. Mukofot miqdori 50,000 AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar xalqaro hay’at tavsiyasi asosida YUNESCO bosh direktori tomonidan tanlab olinadi.

 

YUNESCO/Al Fozan mukofoti bilan bog‘liq bo‘lgan batafsil ma’lumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin:

https://www.unesco.org/en/prizes/al-fozan

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyida keltirilgan havola

orqali ro‘yxatdan o‘tishlari hamda ariza varaqalarini ingliz yoki fransuz tillarida to‘ldirishlari kerak:

https://apply.unescoalfozanprize.org/login

 

1-fayl.pdf

2-fayl.pdf

Bo'lishmoq: