16.09.2023 596

Doktoranturaga qabul boshlandi

Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga

TANLOV E’LON QILADI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga oliy ta’limdan keyingi ta’lim talabgorlari uchun 8 ta o‘rin ajratilganini ma’lum qilamiz. Jurnalistika va zamonaviy media yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib borishni maqsad qilgan va magistr darajasiga ega bo‘lgan talabgorlar doktorantura (DSc) da 1 ta, tayanch doktorantura (PhD)da 5 ta va stajor tadqiqotchilik uchun 4 ta o‘ringa tegishli mutaxassislik bo‘yicha tanlov asosida qabul qilinadi.

Mazkur bosqichlarda o‘qishga talabgorlar 2023 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga barcha zaruriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.

Talabgorlar uchun tanlovda ishtirok etish talablari va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi nizomda batafsil ko‘rsatilgan.

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qaroriga ko‘ra 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etilgan. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

Bo'lishmoq: