17.01.2021 1455

“Birinchi kitobim” loyihasi

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda “Ijod” fondi tomonidan har yili an’anaviy tarzda iqtidorli yoshlar saralanib, “Birinchi kitobim” loyihasi asosida ilk kitoblari bepul chop etiladi va respublika ta’lim dargohlariga tarqatiladi.

Bu yil ham ushbu loyiha asosida 15 nafar yosh ijodkorlarning ilk kitoblari nashr etildi va 20-yanvar kuni, soat 11:00 da Yozuvchilar uyushmasi katta zalida ushbu kitoblarning taqdimoti o‘tkaziladi.

Birinchi kitoblari chop etilgan yoshlar orasida universitetimiz magistri, Prezident stipendiati Yulduz O‘rmonovaning “Uyg‘oq yulduzlar” nomli kitobi ham o‘rin olgan.

Bo'lishmoq: