03.11.2023 578

Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, faxrimiz!

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Ular xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

Bugun O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida mato o'lchami 60x20 metr bo'lgan ulkan bayroq o'rnatildi. Favqulotta vaziyatlar vazirligi xodimlari va universitetning "Qalqon" jamoasi yordamida ko'tarilgan ramzimiz “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligiga 32 yil to‘lganligi munosabati bilan qo'yildi.

Bo'lishmoq: