26.11.2021 425

25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni

BMTning 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga binoan qator davlatlarda bir necha yillardan buyon “16 kun zo‘ravonliksiz!”, deb nomlangan aksiya keng tarqalgan. Yurtimizda ham oxirgi 5 yil davomida mazkur aksiya keng tarqalgan bo‘lib, har yili ushbu mavzu bo‘yicha keng jamoatchilik uchun ochiq tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Shu jumladan, kuni kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun ham “Inson haq-huquqlari va gender tenglik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva ham ishtirok etib, shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun “Inson haq-huquqlari va gender tengligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori - Nodira Egamberdiyeva, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti - Jamila Shermuhammedova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi - Gulshan Xudayarovalarham ishtirok etib, talabalarga ularning huquq va manfaatlari, taziyq va zo‘ravonlik holatlarni aniqlash, ularga nisbatan chora ko‘rish yo‘llari haqida maʼruza qildilar.

Bo'lishmoq: