06.06.2019 1335

"Yilning eng faol jurnalisti" O'zJOKUda

      Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga uzoq yillar mamlakatimiz Qurolli kuchlari tizimida xizmat qilgan iste’fodagi tibbiy xizmat podpolkovnigi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi Iskandar Rahmon tashrif buyurib, O‘zJOKU Harbiy jurnalistika kursi tinglovchilari hamda talabalar bilan uchrashdi.

      Iskandar Rahmon universitet talabalari va tinglovchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Harbiy jurnalistika sir-asrorlariga oid o‘z bilim tajribalari bilan o‘rtoqlashdi hamda talaba yoshlar tomonidan berilgan sohaga oid ko‘plab savollarga javob berdi.

      Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, Iskandar Rahmon muallifligida bugunga qadar “Oq libosli xaloskorlar”, “O‘zbekiston askarlarimiz”, “Harbiy shifokor va ijodkor saboqlari”, “Olovli Guldasta” va yana bir qancha nasriy asarlari chop etilgan.

      Iskandar Rahmon “Posboniman muqaddas yurtning” hamda “Yilning eng faol jurnalisti” ko‘rik-tanlovlari g‘olibi hisoblanadi.
 
Bo'lishmoq: