05.05.2022 651

XVI “Oltin qalam” milliy mukofotining taqdirlash marosimi

Xabaringiz bor, kuni kecha poytaxtimizda joylashgan “Turkiston” san’at saroyida XVI “Oltin qalam” milliy mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda ko‘plab taniqli, jonkuyar jurnalistlar mukofotlandilar. Quvonarlisi, taqdirlangan orasida universitetimiz talabalari va professor-o‘qituvchilari ham bor.

O‘zJOKU sirtqi bo‘lim 4-bosqich talabasi, “Sevimli” telekanali “Zamon” informatsion dasturi muxbiri - Mo‘tabar Nurmuhammedova, 2-bosqich talabasi, Farg‘ona  viloyati “Ruxsor TV” telekanali muxbiri - Mamasidiqova Maftuna eng yaxshi jurnalistik material uchun 2- va 3-o‘rinlarga loyiq ko‘rildilar. Sirtqi bo‘lim, 2-bosqich talabasi, “Mening yurtim” telekanali muharriri -  Nurzodbek Voxidov O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi mukofotiga, Bosma va noshirlik ishi fakulteti, Harbiy jurnalistika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi, “Qalampir.uz” nashri muxbiri Nozima Nazirova Turkiya Respublikasi elchixonasining rag‘batlantiruvchi mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, O‘zJOKU “Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama” kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot kotibi Sabina Bekmuradova ham “OAV bilan eng faol hamkor axborot xizmati” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldilar.

G‘oliblarni chin dildan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz. O‘zJOKU siz bilan faxrlanadi, ijod va harakatdan aslo to‘xtamang!

Bo'lishmoq: