17.11.2022 1150

“Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan O‘zJOKUda tantanali tadbir marosimi tashkil etildi

Bugun 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun tantanali tadbir marosimi tashkil etildi.

Tadbir avvalida universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxoʻja soʻzga chiqib, universitet talabalarini bayram bilan samimiy tabrikladilar.

Universitetda yil davomida turli tadbirlar va OTM hayotida faol qatnashgan talabalar OʻzJOKU maʼnaviyat boʻlimi tomonidan faxriy yorliq, pul mukofotlari va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Tadbir ayniqsa, bu yil birinchi kursga qabul qilingan universitet talabalari uchun esda qolarli voqealarga boy boʻlib, ularga professor Sherzodxon Qudratxoʻja tomonidan universitetning ramziy oltin kaliti tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbiriga hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar auditoriyasiga taniqli boʻlgan blogerlar, qoʻshiqchilar taklif etilgan boʻlib, talabalar ular bilan birgalikda kuy-qoʻshiqlarga joʻr boʻlishdi. Shuningdek, universitet talabalaridan tashkil topgan QVZ jamoalarining chiqishlari ham tadbirga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi.

Bo'lishmoq: