07.11.2022 1157

“WikiStipendiya” va o‘zbek tilidagi mobil yordamchi “Aziza”ga bag‘ishlangan anjuman

Bugun Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Wikipediya” informatsion portalini oʻzbek tilidagi maʼlumotlar bilan boyitish hamda sunʼiy intellekt tizimi orqali ishlovchi ovozli mobil yordamchini oʻzbek tilida ham ishlovchi muqobili “Aziza”ni ishga tushirish masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida 2022-yil 20-maydan 20-dekabrga qadar o‘tkaziladigan “WikiStipendiya” marafoni doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, OʻzJOKU talabalari orasida ushbu loyiha boʻyicha olib borilgan faoliyat haqida universitet masʼullari tomonidan maʻlumotlar berildi.

Tadbirda agentlik mutaxassislari tomonidan Alisa, Siri kabi ovozli yordamchilarning o‘zbek tilida gapiradigan muqobili boʻlmish “Aziza” haqida aniq va toʻliq tushuntirishlar berildi. Ovozli yordamchini yaratish uchun kamida 10 ming soat ovozli ma’lumot kerak bo‘lishi va jarayonni tezlashtirish uchun istalgan kishi @UzbekVoiceBot orqali dan ro‘yxatdan o‘tib, ovozli xabar qoldirishi mumkinligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zJOKUda tashkil etilgan shaxmat klubining ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Klubni universitet rektori Sherzodxon Qudratxoʻja hamda agentlik direktori Alisher Saʼdullayev birgalikda, ramziy tasmalarni kesgan holda, tantanali ravishda ochib berdilar.

Bo'lishmoq: